«terroristik tashkilot» tegli maqolalar


Xalqaro terrorchilik tashkilotini tuzgan o‘zbekistonlik erkak Suriyada halok bo‘ldi
7 sentabr 2023, 12:52

Xalqaro terrorchilik tashkilotini tuzgan o‘zbekistonlik erkak Suriyada halok bo‘ldi

“Katibat ul imom al-Buxoriy” xalqaro terrorchilik tashkilotiga rahbarlik qilgan O‘zbekiston fuqarosi Suriyadagi janglarda halok bo‘ldi. U 2009−2010-yillarda Termiz shahrida “Jihodchilar jamoati”ni ham tashkil etgandi.

O‘zbekistonlik 22 yoshli yigit Suriyadagi jangovar harakatlarda qatnashayotgani aniqlandi
12 avgust 2023, 17:18

O‘zbekistonlik 22 yoshli yigit Suriyadagi jangovar harakatlarda qatnashayotgani aniqlandi

Toshkent shahrida tug‘ilgan 22 yoshli yigit Suriyada “Katiba al-G‘uroba al-Turkiston” terrorchilik tashkilotida jangovar harakatlarda qatnashib kelayotgani aniqlandi. Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. U 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.

Suriyadagi terror tashkilotga qo‘shilishga uringan andijonlik shaxs 8 yildan ko‘proqqa qamaldi
29 iyul 2023, 11:16

Suriyadagi terror tashkilotga qo‘shilishga uringan andijonlik shaxs 8 yildan ko‘proqqa qamaldi

Andijon viloyatida yashovchi 30 yoshli shaxs Suriyadagi jangarilar safiga qo‘shilmoqchi bo‘lgani uchun 8 yil 1 oyga ozodlikdan mahrum etildi. U Turkiyada yashagan paytida bir necha bor Suriyaga o‘tishga uringan, so‘ng O‘zbekistonga deportatsiya qilingan.

Suriyadagi terroristik tashkilot binosini qo‘riqlagan namanganlik yigit 9 yilga qamaldi
25 fevral 2023, 12:16 1

Suriyadagi terroristik tashkilot binosini qo‘riqlagan namanganlik yigit 9 yilga qamaldi

Suriyadagi «Tavhid va jihod katibasi» terroristik tashkiloti joylashgan hududni qo‘riqlash bilan shug‘ullangan 24 yoshli namanganlik yigit O‘zbekistonga olib kelindi. Unga nisbatan 9 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Terroristik tashkilotlar g‘oyalarini targ‘ib qilib kelgan fuqaro 3,5 yilga qamaldi
27 dekabr 2022, 12:38

Terroristik tashkilotlar g‘oyalarini targ‘ib qilib kelgan fuqaro 3,5 yilga qamaldi

23 yoshli jizzaxlik fuqaro «Tavhid va jihod katibasi», «Turkiston islom harakati» terroristik tashkilotlar tarafdorlari ta’siriga tushib, ularning g‘oyalarini internetda ulashib kelgan. Ular orasida Konstitutsiyani xilof tarzda o‘zgartirishga da’vat etuvchi material ham aniqlandi. Fuqaro 3 yil 6 oyga qamaldi.

Xorazmda terroristik tashkilot safiga qo‘shilmoqchi bo‘lgan 23 yoshli ayol ushlandi
10 noyabr 2022, 09:57

Xorazmda terroristik tashkilot safiga qo‘shilmoqchi bo‘lgan 23 yoshli ayol ushlandi

Xorazmda Suriyadagi terroristik tashkilot safiga qo‘shilmoqchi bo‘lgan 23 yoshli ayol ushlandi. U o‘zining tanishlariga diniy da’vatlar qilib, qo‘poruvchilik aks etgan videoroliklarni tarqatib kelgani aytilmoqda. Ayolga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hibsga olindi.

DXX terrorist sifatida gumonlangan farg‘onalik shaxsni O‘zbekistonga olib keldi
7 noyabr 2022, 12:16

DXX terrorist sifatida gumonlangan farg‘onalik shaxsni O‘zbekistonga olib keldi

Terrorist sifatida gumonlangan farg‘onalik erkak O‘zbekistonga olib kelindi. U 2019 yilda Suriyaga borib, «Tavhid va jihod katibasi» tashkiloti safiga qo‘shilgan hamda jangovar harakatlarda qatnashgan. Hozirda unga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qashqadaryoda Suriyaga ketmoqchi bo‘lgan shaxs ushlangani aytilmoqda
23 aprel 2022, 11:27

Qashqadaryoda Suriyaga ketmoqchi bo‘lgan shaxs ushlangani aytilmoqda

DXX Rossiya va Turkiya orqali o‘tib Suriyadagi terroristik tashkilotga qo‘shilishni rejalashtirganlikda gumonlangan qashqadaryolik fuqaroni ushladi. U ijtimoiy tarmoqlarga xalqaro terroristik tashkilotlar va diniy ekstremistik oqim rahnamolarining ma’ruzalarini joylab, qishlog‘ida ham targ‘ib qilgani aytilmoqda.

Farg‘onada «jihod»ga chorlovchi ma’ruzalarni tarqatganlikda gumonlangan shaxs qo‘lga olindi
11 fevral 2022, 16:27

Farg‘onada «jihod»ga chorlovchi ma’ruzalarni tarqatganlikda gumonlangan shaxs qo‘lga olindi

DXX Farg‘ona viloyatida xalqaro terroristik tashkilotlar va diniy ekstremistik oqimlar rahnamolarining «jihod» ga chorlovchi ma’ruzalarini yuklab olib, tanishlariga tarqatganlikda gumon qilingan 24 yoshli fuqaroni qo‘lga oldi. Din ishlari bo‘yicha qo‘mita uning telefonidagi materiallarni aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilganini tasdiqladi.

Farg‘onada 19 yoshli ISHID tarafdori qo‘lga olingani aytilmoqda
11 yanvar 2022, 17:39

Farg‘onada 19 yoshli ISHID tarafdori qo‘lga olingani aytilmoqda

Farg‘ona viloyatida avvaliga «Islom davlati» terroristik tashkiloti a’zolari safiga qo‘shilish niyatida Turkiyaga borgan, Suriyaga o‘ta olmagach, O‘zbekistonga qaytib kelib, tashkilot g‘oyalarini targ‘ib qila boshlagan 19 yoshli shaxs qo‘lga olingani aytilmoqda. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting